Kattaqo‘rg‘onda ko‘p qavatli uy portladi. Uch kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
12 aprel 2020 18672 1 daqiqa
Bugun, 12 aprel kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ertalab soat 6:30 larda yuz bergan. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati vakili ma’lumot berdi.
Hozirda vayronalar ostida qolganlar qutqarilgan. Afsuski, hodisada 3 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirligi xodimlari qurbonlarning shaxsini aniqlash ustida ish olib boryapti.
“Qurbonlar shifoxonada. Ular shifoxonada vafot etgan. Ichki ishlar vazirligi xodimlari ularning shaxsini aniqlashga urinyapti”, dedi FVV vakili.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada taqdim etiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr