Kattaqo‘rg‘on DSI boshlig‘i o‘rinbosarining o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz berganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Joriy yilning 10 iyunida tungi soat 00:50 larda Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari A.A. Cobalt rusumli avtotransport svetoforning qizil chirog‘idan to‘xtamasdan o‘tib, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lgandi.

Hududdagi 4R-243 avtomobil yo‘lining 7-kilometriga yetganida Cobalt yo‘l qatnov qismining o‘rtasida to‘xtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringan.

Huquqbuzar, xodimlar tomonidan ushlanib, o‘ta mast holatda bo‘lganligi gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilinganida, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tkazilgan fuqaro A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz bergan. Holat yuzasidan JKning 206-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing