“Katta yettilik” davlatlari Ukraina masalasida muzokara o‘tkazadi 

Olam

image

“Katta yettilik” (G7) davlatlari Tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 7 aprel kuni Bryusselda muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, 7 aprel kuni “Katta yettilik” mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Bryusselda dastlab alohida muzokaralar o‘tkazadi, bu esa o‘sha kunga mo‘ljallangan NATOga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan oldin bo‘lib o‘tadi. 

Asosiy masalalar Ukrainadagi vaziyat hamda NATO va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘ladi. 

Har ikki uchrashuvda Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi ishtirok etadi. Ta’kidlanishicha, Yaponiya vaziri birinchi marta alyansning maxsus taklifiga binoan NATO mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etadi. 

“Yaponiya va NATO davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni nafaqat Ukrainadagi vaziyat nuqtai nazaridan, balki erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik bo‘yicha ham kuchaytirish rejalashtirilgan”, deyiladi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing