Katta karvon yo‘lga chiqdi

Sport

image

O‘zbekiston Superligasining bu mavsumiga start berildi. Kecha 8 mart kuni mavsumning ilk o‘yini Navoiyda o‘tkazildi. Birinchi tur doirasida mezbon “Qizilqum” vodiyning “Andijon” klubini qabul qildi.

Ilk rasmiy o‘yin bo‘lganligi uchun tomonlar biroz ehtiyotkorlik bilan o‘yinni olib borishdi. O‘tgan mavsumni pro-ligada o‘tkazgan andijonliklar debyutant bo‘lishlariga qaramasdan maydon egaliriga munosib raqobat taqdim etishdi va o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Mavsumning ilk goliga Oybek Qilichev mualliflik qildi.

Shundan so‘ng mezbonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi va ikkinchi taymning 72 daqiqasida Sherali Jo‘rayev muvozanatni tiklab qo‘ydi. Qolgan daqiqalar davomida hisob boshqa o‘zgarmadi. “Qizilqum” – “Andijon 1:1.

Bugun birinchi tur o‘yinlari davom ettiriladi. Samarqandda “Dinamo” Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qilsa, Olmaliq shahrida mahalliy “AGMK” “Buxoro”ni mehmon qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon O'zbekiston Superligasi Qizilqum

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing