Katta ehtimol. Messi qaysi klubga o‘tishi ma’lum qilindi

Sport

image

“Barselona” klubining hujumchisi Lionel Messi agar jamoani tark etsa, katta ehtimol bilan “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Fox Sports”ning argentinalik jurnalisti Kristian Martin Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Martinning yozishicha, ushbu ma’lumotni uning Kataloniya va Angliyadagi manbalari tasdiqlagan. “Barcha manfaatdor tomonlar bitim shartlaridan qoniqishadi”, deya aniqlik kiritgan jurnalist.

Ma’lumot uchun, Ispaniyaning “Barselona” klubi sardori, argentinalik hujumchi Lionel Messi jamoa bilan yangi shartnoma ustida olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, futbolchi klubdagi muhitdan juda charchagan.

Messi “Barselona”da 2004 yildan beri to‘p surmoqda. Jamoa bilan birgalikda u 10 marta Ispaniya chempioni, olti marta Ispaniya kubogi va to‘rt marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Bundan tashqari, u olti marta "Oltin to‘p" ni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

1484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing