Katanetsning sog‘lig‘i yana yomonlashdi
Sport
−
20 yanvar
9704Ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda, biroq jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘ligi yomonlashgani bois, jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Yig‘in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib boradi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz”, deyiladi manba xabarida.
Qayd etish joiz, Katanets bilan birinchi marta bunaqa holat kuzatilmayapti. Bungacha 2023 yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “CAFA Nation's Cup” doirasidagi Turkmaniston bilan bahsda va 2024 yil oktyabrida Jahon chempionati saralash bahslarining Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan sog‘ligi yomonlashgani uchun terma jamoaga yordam bera olmagandi.
LiveBarchasi