Katanets yonimizda bo‘lmasa ham, uning talablarini bajarishga harakat qilamiz – Masharipov

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi a’zosi Jaloliddin Masharipov Jahon chempionati saralashi 3-bosqich o‘yinlari oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kim bilan o‘ynashimizdan qat’i nazar kerakli natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Eron terma jamoasini hech qachon kuchsiz deb bo‘lmaydi, lekin hozirda ular O‘zbekistonni juda qattiq hurmat qiladi”, deydi Masharipov.

Masharipov terma ustozi Srechko Katanetsning bo‘lajak o‘yinlarida shogirdlariga yordam bera olmasligi bilan bog‘liq holatga ham izoh berdi. 

“Murabbiy bilan birinchi marta bunday vaziyat sodir bo‘lmayapti. Ba’zida Katanetsning sog‘ligida muammolar kuzatilib turadi. Bu murabbiy bilan 3 yildan beri birga ishlayapmiz, shuning uchun ham u bizdan nima xohlayotganini yaxshi bilamiz. Katanets yonimizda bo‘lmasa ham, uning talablarini bajarishga harakat qilamiz. Katanetsning o‘yin uslubi bizga singib bo‘lgan, shuning uchun men terma jamoaga boshqa murabbiy olib kelish kerak degan fikrga qarshiman, chunki hozirda oldin yutolmagan raqiblarimizga qarshi bemalol o‘ynay olyapmiz”, deydi Masharipov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich doirasida ketma-ket 2 ta o‘yinni Toshkentda o‘tkazadi. “Oq bo‘rilar” 10 oktyabr kuni Eron bilan, 15 oktyabr kuni BAA bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Katanets sog‘ligidagi muammolar tufayli bo‘lajak o‘yinlarda terma jamoaga yordam bera olmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jaloliddin Masharipov Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing