Kaspiy dengiziga Mig-29 harbiy samolyoti quladi

Olam

image

Ozarbayjon Qurolli Kuchlariga tegishli MiG-29 samolyoti Kaspiy dengiziga quladi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtsiz hodisa kecha, 24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da yuz berdi. Ozarbayjon Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot Kaspiy dengizi ustida mashq qilayotgan bo‘lgan va kutilmaganda radarda ko‘rinmay qolgan. Samolyotning halokatga uchrab, dengizga qulashi versiyasi dastlabki taxmin sifatida ko‘rilyapti.

Ayni vaqtda qulagan samolyotning uchuvchisini qidirish ishlari olib borilyapti. Bundan tashqari Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov topshirig‘i bilan fojia sabablarini o‘rganish uchun komissiya ham tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon MiG-29

Baholaganlar

65

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing