Kasilyas faoliyatini yakunlaydi. “Portu”rahbariyati esa uni klubda qolishga ko‘ndirmoqchi
Sport
−
17 May 2019 6794 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas futboldagi faoliyatini yakunlaydi. Futbolchi yaqinda boshdan kechirgan yurak xurujidan keyin shifokorlar bilan maslahatlashgan holda shunday qarorga kelgan.
Xabaringiz bor, Iker Kasilyas “Portu” klubi darvozaboni hisoblanar edi.
37 yoshli ispaniyalik yaqin kunlarda faoliyatini yakunlashini rasman e’lon qiladi. Ammo u “Portu”dan ketmaydi. Unga rahbariyat tomonidan klub tizimida ish taklif qilinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Portu” klubi skautlari allaqachon Kasilyas o‘rniga nomzod qidirishni boshlab yuborgan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr