Kasb-hunar kollejlari diplomlarining davlat namunalari tasdiqlanadi
Jamiyat
−
16 aprel 2019
8149“O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti;
Kasb-hunar kollejlari diplomlarining davlat namunalari tasdiqlanadi.
Qaror loyihasida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz), manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-2020 o‘quv yiliga qadar kasb-hunar kollejlarining kasblar va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlashi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaz taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida kasb-hunar kollejlarining kasblar va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini, kasb-hunar kollejlari diplomlari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
15 kun muddatda ish beruvchi vazirliklar va idoralar tomonidan kasb-hunar ta’limi tizimi kasblari va mutaxassisliklarini ta’lim standartlarida qayd etiladigan bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmasi va malakasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi.
Markaz, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklanadi.
LiveBarchasi