Kasanachilik uchun subsidiya miqdori oshirildi

Jamiyat

image

Kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori 4,5 mln so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning 21 sentyabr kuni qabul qilingan “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gila belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 oktyabrdan:

•    kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi;

•    olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o‘rtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;

•    “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;

•    xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrgacha ozod etiladi.

Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.

Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

subsidiya kasanachilik

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing