Karvaxal Mbappega Yevro-2024'da omadsizlik tiladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxal Kilian Mbappening Madrid klubiga o‘tishi haqida gapirib, fransiyalik forvardning Yevro-2024'da muvaffaqiyat qozonishini istamasligini bildirib, hazil qildi.

“Mbappe jahon darajasidagi top futbolchi! Eng yaxshi futbolchilar eng yaxshi jamoada o‘ynashlari kerak. Unga Yevropa chempionati omadsiz o‘tishini tilayman, ammo avgust oyidan boshlab u eng yaxshi formada bo‘lishi kerak”, deydi Karvaxal.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Yevro-2024 guruh bosqichida Italiya, Xorvatiya va Albaniya bilan o‘ynaydi. Fransiyaning guruhdagi raqiblari esa Niderlandiya, Polsha va Avstriya bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe Dani Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made