Karmanaga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
01 noyabr 4195 1 daqiqa
Shohrux Shavkatovich Boltayev Karmana tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Karmana tumani hokimligida viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Karmana tumani kengashining navbatdan tashqari 15-sessiyasida asosiy masalalardan biri sifatida yangi tayinlov amalga oshirilgani bo‘yicha ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Shohrux Boltayev tumanning yangi rahbari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Karmana tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrining 60 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokimi o‘rniga yangisi tayinlangandi.
Live
Barchasi