Karimovaning advokati: Zangiotada yuzlab mahbus ayollarni ko‘rdim, ammo advokatlarni uchratmadim

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respbublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning advokati, Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja Zangiotadagi mahbuslar koloniyasiga borgani haqida xabar bergan edik.

Greguar Manja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mijozi Gulnora Karimova bilan bir necha soat kutgandan keyingina uchrasha olgani haqida ma’lumot bergandi.

Manja Zangiotada ko‘rganlari, u yerdagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Advokat koloniyada ko‘plab mahbus ayollarni ko‘rgan, lekin birorta advokatni uchratmagan. Bu haqda shveysariyalik advokat Twitter`dagi sahifasida post qoldirgan.

“Zangiotaga so‘nggi 4 marta borgan vaqtimda yuzlab mahbus ayollarni ko‘rdim. Ammo u yerda o‘sha ayollarni himoya qiladigan, ularning qancha jazo muddati qolgani, qamoqdagi huquqlari va muddatidan avval shartli ozod bo‘lish imkoniyatlari haqida ularga axborot beradigan advokatlarni biror marta ham uchratmadim”, degan Greguar Manja.

Ma’lumot uchun, advokat mijozi Gulnora Karimovaning ahvoli og‘irligi, uning qon bosimi yuqoriligi, suhbatlasha turib, hushini yo‘qotayotganini aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 5 mart kuni o‘z uyida hibsga olinib, jazoni o‘tash uchun umumiy tartibli koloniyaga olib ketilgandi.

Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova qamoqxona Greguar Manja

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing