Karimov davridagi saylovlar ma’lum ssenariy asosida o‘tganmi? So‘z Qudratxo‘jayevga

Intervyu

Joriy yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini kuzatish uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 300 dan ziyod kuzatuvchisi O‘zbekistonga keldi. Tashkilot saylovoldi jarayonlar bo‘yicha dastlabki xulosalarni e’lon qildi. 

QALAMPIR.UZ YeXHT xulosasidan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sherzod Qudratxo‘jayev bilan suhbatlashdi. Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Birinchi Prezident Karimov davridagi saylovlar ma’lum ssenariy asosida o‘tgan. 

Bahodir Ahmedov, jurnalist: – Joriy yil 13 dekabr kuni YeHXT tomonidan O‘zbekistondagi saylovoldi harakatlar bo‘yicha 1999 yildan beri birinchi marta ijobiy fikr berildi. Bunga qanday omillar sabab bo‘ldi?  

Sherzod Qudratxo‘jayev, MSK a’zosi: –  Keling, siz bilan huquqshunos emas, jurnalist sifatida gaplashaylik. Bizga 1999 yildan beri birinchi marta cheklanmagan missiya keldi. YeHXTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bor. Ilgari ular kelganda nari borsa 30 kishi kelardi. Bu safargi saylovga ular 300dan ortiq keldi. Bu degani O‘zbekistondagi saylovlarga qiziqish va ularni tan olinishida mexanizmni ko‘rish va ko‘rsatishdir. O‘zbekistondagi yangi muhitni, ya’ni erkinlikni ko‘rsatadi. To‘g‘ri, bugun biz partiyalarni, ularning raxbarlarini tanqid qilyapmiz, xayplar qilyapmiz. Tasavvur qiling, 3 yil ilgari bu bo‘larmidi? 3 yil ilgari ma’lum ssenariydek bo‘lardi. Shu 5ta partiya butaforiya vazifasini o‘tardi. Kerakmi kerak, qabilida bo‘lardi. Bugun bunday talab yo‘q. 

Bugungi nomzodlar adashishyapti, tarjimai holida xatolar qilyapti. Qo‘pol qilib aytganda “qovun tushirishmoqda”. Bu sog‘lom jarayon. Biz 25 yil tuxumda o‘tirgan holatdan endi chiqdik. Buncha vaqtdan keyin qanday to‘g‘ri narsa qilish mumkin? Bu erkinlik. Bu xato qilishga ham imkoniyat berishdir. Ular Britaniyadagi “tori” va “vigi”lar yoki AQSHdagi respublikachilar va demokratlar emas. Bittasi 7 asrga teng, yana biri bir asrdan ko‘p tajribaga ega. Bizda bitta kommunistik partiya bo‘lgan. 80 yillarda eslayman, borib saylab emas, tayinlab kelardik. Lekin bugun haqiqiy raqobat paydo bo‘ldi. O‘zining muammolari va o‘zining yutuqlari bilan”, deydi Sherzod Qudratxo‘jayev. 

Intervyuning to‘liq talqinini quyidagi manzilda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Saylov Sherzod Qudratxo'jaev

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing