Karim Xon “Tolibon” yetakchilarini hibsga olish uchun order berishni so‘radi
Olam
−
24 yanvar
6724Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Afg‘oniston yetakchisi va “Tolibon” harakati amiri Haybatulla Oxundzoda hamda mamlakat bosh sudyasi Abdul Hakim Haqqoniyga qarshi hibsga olish orderini berish bo‘yicha iltimosnoma taqdim etdi. XJS ularga insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblov qo‘ymoqda. Bu haqda XJS saytida e’lon qilindi.
“Haybatulla Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniy afg‘on qizlari va ayollarini, shuningdek, harakatning gender nuqtai nazari va o‘z ifodalariga nisbatan ideologik talablariga mos kelmaydigan deb hisoblangan shaxslarni ta’qib qilish uchun javobgarlikka tortilishi kerak”, deyiladi XJS bayonotida.
XJSga ko‘ra, Haybatulla Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyga qarshi hibsga olish orderi bo‘yicha murojaatlar “Tolibon”ga nisbatan birinchi bor berilgan bo‘lib, tez orada harakatning boshqa a’zolariga nisbatan ham qo‘shimcha so‘rovlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Shermuhammad Abbos Stanikzay mamlakat oliy rahbariyatini xotin-qizlar uchun ta’lim taqiqini bekor qilishga chaqirgandi.
LiveBarchasi