Karantinga olishga qarshilik qilish 30 kun qamoq va niqobsiz yurish BHMning 5 baravari bilan jazolanadi

Jamiyat

image
Karantin qoidasini buzganlar 10 yilgacha “kesilishi” mumkin north_east

Karantin qoidasini buzganlar 10 yilgacha “kesilishi” mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida qo‘llashni nazarda tutuvchi 29-2-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Tibbiy majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan ta’minlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun karantin

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing