Qozog‘istonda yuqumli kasallik sabab karantin e’lon qilindi

Olam

image

Qozog‘istonning Qostanay viloyati Auliyeko‘l tumani Novoselovka qishlog‘ida brutsellez kasalligi tarqalgani sababli karantin choralari joriy etildi. Bu haqda mahalliy  “Nasha gazeta” nashri xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra, hududda quyidagi cheklovlar joriy qilindi:

  • Jonivorlarning karantin hududi orqali o‘tkazilishi yoki tashilishi taqiqlanadi;
  • Sog‘lom jonivorlarni hududga olib kirish yoki chiqarish man etilgan (faqat ularni so‘yish uchun olib chiqish mumkin);
  • Epizootik nuqtalar joylashgan hududda hosil qilingan xashak, somon yoki boshqa ozuqa mahsulotlarini boshqa hududlarga olib chiqish taqiqlanadi;
  • Jonivorlar yoki odamlarning to‘planishi bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish man etiladi.

Ma’lumot uchun, brutsellez – bu odamga zararlangan jonivorlar bilan muloqot orqali yuqadigan zoonoz infeksiya. Unga bakteriyalar (brutsellalar) sabab bo‘ladi. Infeksiya manbai asosan qishloq xo‘jaligi hayvonlari – katta va mayda shoxli mollar hisoblanadi. Shuningdek, brutsellezga otlar, tuyalar, cho‘chqalar va itlar ham chalinadi.

Eslatib o‘tamiz, авvaлроқ Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi sababli chorva mollari uchun majburiy karantin joriy etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston karantin brutsellez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing