Karantinda shovqin darajasini o‘rgangan olimlar kutilmagan natijaga duch kelishdi

Salomatlik

image

Tuluza universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishdi va karantin shaharlarning shovqiniga qanday ta’sir qilishini aniqlashdi. Izolyatsiya paytida atrof-muhitning shovqinlik darajasi 90 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Phys.org yozmoqda.

Xususan, ushbu tadqiqot uchun Silent Cities (Ovozsiz shaharlar) loyihasi ishlab chiqildi. Unda ko‘plab mamlakatlarning shaharlaridagi shovqin darajasi o‘rganildi. Ushbu tadqiqotda 40 davlatdan 350 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Karantin paytida ko‘ngillilar o‘zlarining shahridagi eng gavjum ko‘chalardan birida 10 daqiqalik audio yozib olishdi va keyin faylni maxsus portalga yuklashdi.

Olimlar ma’lumotlarni tahlil qilib, masalan, Parijning ba’zi qismlarida karantin paytida atrof-muhitning shovqinlik darajasi 90 foizga kamayganligini aniqlashdi.

Bu holat avtomobil va temir yo‘l transportida deyarli to‘liq harakatlanishning cheklanganligi bilan izohlandi.

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shovqinni havoning ifloslanishidan keyin odamlar uchun ikkinchi xavfli ekologik omil sifatida belgilab qo‘ydi. Har beshinchi Yevropa fuqarosi doimiy shovqin ta’siriga duch keladi. Bu sog‘liq va ruhiyat uchun zararli va hayot sifatiga ta’sir qiladi", deya ta’kidlashdi mutaxassislar.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing