Karantin vaqtida salomatlikka o‘ta zararli gadjetlar qaysiligini bilasizmi?

Texnologiya

image

Izolyatsiya davrida uyali telefondan me’yordan ortiq foydalanish ko‘zingizni tuzalib bo‘lmas dardga duchor etadi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, Rostov viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh bolalar oftalmologi Aleksandr Ushnikov ma’lum qilgan.

Shifokorning ta’kidlashicha, mobil telefonlar faqat qo‘ng‘iroqlar va qisqa xabarlarni yuborish uchun mo‘ljallangan. Mutaxassis, planshetni zararliligi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ota-onalar bolalarini ovutish uchun planshetlardan foydalanadi. Bu esa ko‘z nuri zaifligini keltirib chiqaradi.

“Ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar kun bo‘yi planshetlardan foydalanadi. Buni qat’iyan taqiqlash kerak. Bolalar uchun o‘ynash, rasm chizish, har xil buyumlar yasash, kitob o‘qishlari yaxshiroqdir”, deb ogohlantirdi Ushnikov.

Uchinchi o‘rinda noutbuk va kompyuter tilga olingan. Shifokor, ko‘z mushaklarining doimiy zo‘riqishi spazmga olib kelishi mumkinligini aytadi. U ish joyi va dam olish tartibini birma-bir ko‘rib chiqishni maslahat beradi.

“Voyaga yetganlar kamida besh daqiqa tanaffus bilan bir soat davomida kuniga besh-olti marta kompyuterga murojaat qilish mumkin”, deb maslahat beradi mutaxassis.

Mutaxassis ekranda juda ko‘p vaqt sarflash bosh og‘rig‘i, lakrimatsiya, ko‘zlarning qizarishi, masofadan ko‘rishning xiralashishiga olib keladi, degan xulosaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin gadjet

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing