Karantin vaqtida MIB odamlarning uyidagi mol-mulkini xatlashga haqqi bormi?

Jamiyat

image

Majburiy ijro etish choralari qo‘llanishi hamda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishi keyinga qoldirildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Karantin choralari amal qilib turgan vaqtda sudning da’voni ta’minlash haqidagi ajrimiga muvofiq, majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan javobgarning uyidagi mol-mulklar xatlanadimi? Agar xatlash choralari amalga oshirilmasa, qanday normaga muvofiq sudning ajrimi ijro qilinmaydi? Karantin davrida javobgarning uyidagi mol-mulkni xatlashni amalga oshirishni taqiqlovchi normativ hujjat bormi?

Bugungi karantin davrida davlat ijrochilariga quyidagi majburiy ijro etish choralari qo‘llanishi hamda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishi keyinga qoldirildi:

- undiruvni turar joylardagi (yashash xonadonidagi) mol-mulkiga qaratish, shu maqsadda ularni xatlash va olib qo‘yish;

- ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdor jismoniy shaxsdan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish;

- qarzdorni ko‘chirib chiqarish;

- undiruvchini ko‘chirib kiritish;

- yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish;

- imorat (qurilma)ni buzib tashlash;

- bolani olib berish va topshirish.

Davlat ijrochilariga yuqoridagi ijro harakatlarini faqat kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, hududiy boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing