Karantin vaqtida QQS to‘layotgan tadbirkorlar uchun qanday yengilliklar bor?

Jamiyat

image

Bugun, AOKA shtabida brifing bo‘lib o‘tdi. Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan bojxona tizimi bo‘yicha turli savollar yo‘llandi.

Ana shunday savollardan birida karantin kunlarida chetdan keltirilayotgan tovarlar uchun QQSni to‘lashda tadbirkorlar uchun yengilliklar bor-yo‘qligi haqida so‘ralgan

“Bojxona kodeksining 329-moddasida bojxona organining qaroriga asosan to‘lovchiga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kalendar kundan oshmagan muddatga berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan”, dedi savolga javob qaytarar ekan Farhod Olimjonov.

Ta’kidlanishicha, "Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident Farmoniga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga soliqni to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona QQS

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing