Karantin vaqtida ish izlayotganlar keksalarni parvarishlab, pul topishi mumkin
Jamiyat
−
23 aprel 2020
5668Karantin vaqtida ayrim ayrim agentliklar keksalarni parvarish qiladigan ishchilarni jalb qilayotgani haqidagi ma’lumotlar to‘g‘rimi? Ushbu savol bilan bugun, 23 aprel kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda murojaat qilindi.
Mazkur masalaga to‘xtalar ekan, brifingda ishtirok etgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova shunday dedi:
“Bandlik vazirligi ish izlayotganlarga yordamlashish maqsadida ularni jamoatchilik ishlariga, xususan, parvarishga muhtoj shaxslarga qarash uchun jalb qilmoqda”.
Axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, karantin sharoitida shu tariqa 4,2 ming kishi yolg‘iz, nogiron va parvarishga muhtoj kishilarga qarash uchun yollangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bandlik vazirligi 18 ta yo‘nalishda fuqarolarni jamoatchilik ishlariga jalb qilmoqda.