Karantin vaqtida futbolchilar nimalar bilan band? (fotoreportaj)

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi insoniyat hayoti uchun juda ham xavfli infeksiyaga aylandi. Ushbu kasallik tufayli ko‘plab odam hayotdan ko‘z yumdi. COVID-19 virusi sportga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Tokio-2020 Olimpiadasi 1 yilga qoldirildi. Futbol bo‘yicha deyarli barcha mamlakat milliy chempionat bahslari noma’lum muddatga to‘xtatildi. Dunyo bo‘ylab karantin e’lon qilindi va uydan ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi. Xo‘sh, bunday vaqtda futbolchilar vaqtlarini qanday o‘tkazmoqda?

"Shanxay Sipg" klubi futbolchisi Odil Ahmedov uy sharoitida mashg‘ulot o‘tkazmoqda

"Paxtakor" klubi futbolchisi JAloliddin Masharipov karantin vaqtida to‘p o‘rniga qog‘ozda mashq qilmoqda

Qatarning "Qatar SK" klubi futbolchisi Sardor Rashidov karantinda qizalog‘i bilan birga

"Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeyev uy sharoitida yakka tartibda mashg‘ulot o‘tamoqda

"Manchester Yunayted" jamoasi futbolchisi karantin vaqtida jismoniy mashq bilan shug‘ullanmoqda

Koronavirusga chalingan "Valensiya" klubi futbolchisi Esekel Garay uy sharoitida davolanmoqda

"Real Madrid" klubi hujumchisi Karim Benzema ham karantin vaqtida jismoniy mashqlar bajarmoqda

"Qirollik klubi" a’zosi Luka Modrich ham jamoadoshi Karim Benzemadan qolishayotgani yo‘q

Karantin vaqtida "Yuventus" klubi futbolchisi Paulo Dibala liboslar kolleksiyasini namoyish etdi

"Real Madrid" klubi futbolchisi Serxio Ramos oilasi bilan UNICEF tashkilotiga hayriya puli o‘tkazdi

"Liverpul" jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh ham karantin vaqtida mashg‘ulot o‘tkazish bilan band

"Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantinni oilasi davrasida o‘tkazmoqda

"Barselona" futbochlisi Lionel Messi ham karantinda farzandlariga vaqt ajratmoqda

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon karantin vaqtida uy sharoitida farzandlari bilan basketbol o‘ynamoqda

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe karantin vaqtida zerikib qolmaslik uchun kitob o‘qimoqda

"Barselona" hujumchisi Luis Suares karantinda farzandi bilan birga vaqt o‘tkazmoqda

"Milan" klubi futbolchisi Patrik Kutrone karantin vaqtida kuchugi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda

PSJ futbolchisi Neymar karantin vaqtida yakka tartibda qumda mashg‘ulot o‘tkazmoqda

"Chelsi" klubi futbolchisi Kallum Xadson-Odoi koronavirusdan butkul tuzaldi va o‘z uyida karantinda

"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos uy sharoitida mashg‘ulot o‘tkazmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Lionel' Messi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu Odil Ahmedov Paulo Dibala Karim Benzema Luka Modrich Sardor Rashidov Muhammad Saloh

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing