Karantin vaqtida chekishni tashlash bo‘yicha tavsiyalar berildi

Salomatlik

image

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish davri foyda keltirishi va yomon odatlardan xalos bo‘lishda yordam berishi mumkin. Masalan, masofadan turib qo‘llab-quvvatlash shakllari chekishni tashlashga yordam beradi. Ushbu fikrni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Terapiya va profilaktika tibbiyot markazining (TPTM) Tamaki iste’mol qilishning oldini olish va nazorat qilish federal markazi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Marina Gambaryan bildirdi.

“Biz masofaviy qo‘llab-quvvatlovchi va nikotin o‘rnini bosadigan dorilarni ishlatishni tavsiya etamiz. To‘satdan va bir vaqtning o‘zida chekishni tashlash borasida maslahat beradigan bo‘lsak, chekiladigan sigaretalar sonini sekinlik bilan kamaytirib borishni tavsiya etamiz. Shunda odam chekishni tashlash davridagi og‘irlikni yengib o‘tadi”, dedi mutaxassis.

Gambaryan, shuningdek, jamoaviy qo‘llab-quvvatlash yomon odatdan xalos bo‘lishda katta yordam bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, agar do‘stlar yoki tanishlar bir vaqtning o‘zida chekishni tashlashga qaror qilsa, ular bilan birgalikda buni qilish osonroq kechadi. 

“Psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-birlarini nazorat qilish tufayli yomon odatdan tezroq qutulish mumkin”, dedi Marina Gambaryan.


Maqola muallifi

Teglar

tamaki karantin

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing