Karantin paytida 0,5 stavka o‘rindosh xodimlarni ishdan bo‘shatilishi qonuniymi?

Bu qiziq

image

Karantin paytida mehnat ta’tiliga majburiy chiqarish, 0,5 stavka o‘rindosh xodimlarni ishdan bo‘shatilishi qonuniymi? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga murojaat qilindi.

“Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 

Shuningdek, agar korxona butunlay tugatilgan hollar bo‘lmasa, xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi O‘rinboyeva savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 542 788 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 24 361 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 124 351 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 83 nafarga yetdi. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

mehnat ta'tili Karantin

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing