Karantin davrida o‘qituvchilardan sinflarni ta’mirlashni talab qilish noto‘g‘ri – Shermatov

Jamiyat

image

Karantin davrida maktablarda o‘qituvchilardan sinfxonalarni ta’mirlashni talab qilish noto‘g‘ri. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonning ta’lim sohasi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Vazirga quyidagicha savol berildi: “Maktab rahbariyati karantin davrida sinflarni ta’mirlashni talab qildi, bu to‘g‘rimi?”

“Savol kim berganiga bog‘liq. O‘qituvchilardan talab qilinayotgan bo‘lsa, albatta, bu noto‘g‘ri.

Lekin hozir karantin vaqtida qurilish ishlariga ruxsat berilgan. Maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar yo‘q. Paytdan foydalangan holda qurilish va ta’mirlash ishlarini sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirsa bo‘ladi”, dedi Sherzod Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, bu yil maktablarda o‘quv yili onlayn darslar orqali yakunlanadi. O‘quvchilar maktabga kamida 2 sentyabrda qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quv yili

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing