Karantin davrida plastik kartaning muddatini uzaytirish mumkinmi?
Bu qiziq
−
30 mart 2020
5366Platik kartaning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, ammo koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar sabab, uni almashtirishning iloji bo‘lmasa, qanday yo‘l tutiladi? Bu borada ham qandaydir imtiyozlar bormi?
“Bank kartalarining amal qilish muddatini masofadan turib o‘zgartirish imkoni yo‘q. Karta egasining manfaatlarini himoyalash uchun ham shunday qarorga kelingan.
Biroq kartani almashtirish uchun onlayn ariza berish imkoniyati mavjud”, dedi Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 145 nafarni tashkil qilyapti. Ularning ikki nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor