Karantin 15 avgustdan keyin yumshatiladimi?

Bu qiziq

image

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyulidan 31 iyuliga qadar mamlakatda kuchaytirilgan karantin tartibi e’lon qilindi. Bu bilan O‘zbekiston dunyoda qat’iy karantinga qaytgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Bundan avval xuddi shunday choralar Qozog‘istonda o‘rnatilgan edi. 

Karantin tugay deganda choralar 15 avgustgacha uzaytirildi. Xo‘sh, 15 avgustdan keyin karantin yumshatilishi mumkinmi? Ushbu savolga bugun, 3 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shtab a’zosi Habibullo Oqilov javob berdi. 

“Oldimizda sal kam ikki hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, ya’ni o‘tgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan bo‘lsa va bugun 513 taga tushgan bo‘lsak,  keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15 avgustdan keyin karantinni yumshatsa bo‘ladi. Va biz ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin”, deydi Oqilov. 

Shuningdek, brifingda ishtirok etayotgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimov ham masalaga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. 

“Karantin qilishda uchta asosiy masala bor: birinchisi kasallik tarqalishining oldini olish bo‘lsa, ikkinchisi kasallik tarqalishi yuklamasini sog‘liqni saqlash tizimi qanchalik eplay olishi. Bugungi kunda biz ikkisiga ham tayyormiz”, deydi Alimov.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, karantinning yumshatilishi hammasi tugashidan dalolat emas. Asosiy talablar – qo‘lni yuvish, niqob taqish va masofa saqlash o‘sha-o‘shaligicha qoladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing