Kapitoliyga hujum uyushtirgan Tramp tarafdorlariga birinchi hukm chiqarildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH sudi joriy yilning yanvar oyida Kongress binosiga bostirib kirilganligi bo‘yicha birinchi hukmni chiqardi. Bu haqda “Huffington Post” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Indiana shtatida istiqomat qiluvchi Anna Morgan-Lloyd uch yillik shartli qamoq jazosini o‘taydi, jazoni o‘tash paytida unga qurolga ega bo‘lish taqiqlanadi. Bundan tashqari, 49 yoshli ayol 500 dollar jarima to‘lashi va 120 soat jamoat ishlarida qatnashishi kerak bo‘ladi. 

“Men shunchaki suddan, Amerika xalqidan va oilamdan kechirim so‘ramoqchiman”, degan Morgan-Lloyd. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Kapitoliyga AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini namoyish etish uchun kelgan. 

“Bu shafqatsiz zo‘ravonlik namoyishiga aylanib ketganidan uyatdaman, agar bunday bo‘lishini bilganimda, u yerga hech qachon bormagan bo‘lar edim”, deya qo‘shimcha qilgan ayol. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Donald Trampning tarafdorlari so‘nggi saylovlar natijalari tasdiqlanishi kerak bo‘lgan uchrashuvni to‘xtatib, AQSH Kongressi binosiga bostirib kirdi. Hodisa natijasida besh kishi halok bo‘ldi, ular orasida politsiya tomonidan o‘q otilgan namoyishchi va Kapitoliy politsiyasi xodimi bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kapitoliy

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing