Kapitoliydagi tartibsizliklarda ishtirok etgan mashhur gitarachi hibsga olindi 

Olam

image

Amerikalik gitarachi va "Iced Earth" guruhi rahbari Jon Shaffer 6 yanvar kuni Kapitoliydagi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Indianapolisdagi Federal qidiruv byurosiga asoslanib xabar berilgan. 

"Jon Shaffer 6 yanvar kuni Kapitoliy voqeasida ishtirok etgani uchun hibsga olingan. Shaffer olti ayblov bilan, jumladan Kapitoliy binosidagi zo‘ravonlik harakatlariga aloqadorlikda ayblanmoqda", deyilgan agentlik bayonotida.

Amerika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Shaffer tartibsizliklar paytida olingan fotosuratga tushib qolgan. 

U Kapitoliy binosiga bostirib kirgan olomon orasida bo‘lgan. Keyinchalik Federal qidiruv byurosi ushbu fotosuratni tarmoqqa joylashtirib, tartibsizliklarda qatnashgan odamlarni topishda yordam berilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.

O‘sha kuni bu voqealardan avvalroq Tramp Vashingtonda tarafdorlari bilan uchrashib, unda to‘planganlarni Kapitoliyga kelib, qonun chiqaruvchilarni “o‘g‘irlangan saylovlar” bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirishga chaqirgan. 

Tramp vakillar palatasi ikki marta impichment e’lon qilgan AQSH tarixidagi birinchi Prezident bo‘ldi. Amaldagi Prezidentga 2019 yil dekabrida birinchi marta impichment e’lon qilingandi. O‘shanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongress o‘tkazgan tergovga to‘sqinlik qilishda ayblashgan. Biroq Senat Trampni oqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kapitoliy

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing