Rossiya harbiylari Nigerdagi AQSH bazasini egallab oldi
Olam
−
03 may
25674Rossiya qo‘shinlari Niger poytaxti Niameydagi AQSH aviabazasiga kirdi. Bu haqda kecha, 2 may kuni AQSH Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
Rasmiyga ko‘ra, gap Amani Diori xalqaro aeroporti yonida joylashgan AQSH harbiy-havo kuchlari bazasi haqida ketmoqda. Amerika harbiy xizmatchilari hali ham uning hududida qolmoqda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Nigerdan mingdan ortiq kishilik harbiy kontingentini to‘liq olib chiqishga rozi bo‘lgan edi. “The New York Times” gazetasiga ko‘ra, AQSH qo‘shinlari G‘arbiy Afrika mamlakatini "yaqin oylarda" tark etishi mumkin.
2023 yilda Nigerda harbiy xunta hokimiyatni egallab oldi. Moskva aloqadorlikda gumon qilinayotgan davlat to‘ntarishidan oldin Niger AQSH, Fransiya va Germaniya kabi G‘arb davlatlarining G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi eng muhim hamkorlaridan biri bo‘lgan.
2024 yil yanvar oyida Niger Mali va Burkina-Faso bilan birgalikda G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati ECOWAS mintaqaviy alyansidan chiqdi, uning asosiy maqsadi G‘arbiy Afrikada mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash edi.
Shundan so‘ng, Nigeriya hukumati AQSH va Fransiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatayotganini rasman e’lon qildi, shuningdek, ularning harbiy xarajatlari endi nazorat qilinmasligini nazarda tutuvchi farmon chiqardi. Tahlilchilarning ishonchi komilki, Nigerning AQSH bilan munosabatlari uzilishi va harbiy xarajatlar ustidan nazoratning bekor qilinishi Rossiya bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning dastlabki sharti bo‘lgan.
LiveBarchasi