Kannavaroning debyut o‘yinida O‘zbekiston Quvaytni mag‘lub etdi
Sport
−
09 Oktabr 8149 1 daqiqa
Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida Quvayt milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi ilk bahsda “oq bo‘rilar” g‘alaba qozondi.
O‘yinning dastlabki daqiqalari o‘zbekistonliklar uchun omadli boshlandi. Xususan, uchrashuv startidan 10 daqiqa o‘tib mezbonlar sardori Eldor Shomurodov darvozabon bilan birga-bir chiqib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning 19-daqiqasida esa Hojimat Erkinov oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Abbosbek Fayzullayev jarohat oldi va uning o‘rniga Azizbek Turg‘unboyev maydonga tushirildi. Birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘lim ham “oq bo‘rilar” ustunligida boshlandi. Ular bir qator hujumlar uyushtirdi va o‘yinning 60-daqiqasida quvaytliklar futbolchisi Hojimat Erkinovga nisbatan o‘z jarima maydonida qo‘pollik ishlatib, penaltiga sabab bo‘ldi. Biroq penaltini Otabek Shukurov golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘lim ham to‘liq mezbonlar usutnligida o‘tdi, lekin hisob 2:0 ko‘rinishida qoldi. Shu tariqa Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk g‘alabasiga erishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MTJ joriy yilning 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay MTJ bilan o‘ynaydi.
Live
Barchasi