Kanelo mutlaq chempion maqomini yo‘qotdi
Sport
−
30 may 2024 4938 1 daqiqa
Meksikalik bokschi Saul Kanelo Alvares mutlaq jahon chempionligi unvonidan mahrum qilindi. Bu haqda “Boxing Scene” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Alvaresdan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari olib qo‘yilgan. Alvares hozircha IBF kamarining majburiy raqibi kubalik Uilyam Skullga qarshi jang qilishni reja qilmayapti.
Ushbu jang muhokamasi 6 iyunga belgilangan.
33 yoshli Alvares 2021 yilning noyabridan buyon super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) mutlaq chempion bo‘lib kelmoqda. Alvares so‘nggi jangida Xayme Mungiya ustidan g‘alaba qozonib, to‘rtinchi marta barcha kamarlarini himoya qildi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr