Kanar orollarida 300 ga yaqin muhojir g‘oyib bo‘ldi

Olam

image

Ispaniyaning Kanar orollari yaqinidagi dengizda kamida 300 nafar muhojir bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Reuters” agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Senegaldan Ispaniyaning Kanar orollariga jo‘nab ketgan uchta muhojir qayiqlarning birida taxminan 65, ikkinchisida 50-60, uchinchisida 200 ga yaqin odam bor bo‘lgan. Har uchchala qayiq bundan ikki hafta oldin Kanar orollaridan biri Tenerifedan 1700 kilometr (1057 milya) uzoqlikda joylashgan Senegal janubidagi Kafountineni tark etgan. G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari yaqinidagi Kanar orollari Ispaniyaga yetib olmoqchi bo‘lgan muhojirlar uchun asosiy manzilga aylangan.

Aytilishicha, odamlar Senegalni mamlakatdagi beqarorlik tufayli tark etgan.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvaridan mayigacha Kanar orollariga 4,4 mingdan ortiq noqonuniy migrantlar kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 47 foizga kam.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Kanar orollariga yetib borishga uringan kamida 559 kishi, jumladan, 22 nafar bola halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Marokashdan Kanar orollariga yo‘l olgan muhojirlar qayig‘ining cho‘kishi oqibatida 51 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

muhojir Senegal Kanar orollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing