Kanadadagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 iyun 1501 2 daqiqa
Kanadaning Monreal shahrida qurollangan shaxs tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 22 iyun kuni shaharning Kot-de-Nej tumanidagi mehmonxona yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, uzun stvol bilan qurollangan gumonlanuvchi huquq-tartibot xodimlariga o‘q uzgan. Politsiya javob o‘qlari uzib, hujumchini yo‘q qilgan.
Monreal politsiyasi rahbari Fadi Dag‘erning ma’lum qilishicha, otishma oqibatida bir politsiya xodimi halok bo‘lgan, yana biri og‘ir yaralangan. Yarador xodimning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Halok bo‘lgan politsiyachi 34 yoshli Muhammad Lamin Benreduan ekani ma’lum qilingan. U 2021 yildan beri politsiya safida xizmat qilib kelgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:35 atrofida boshlangan. Favqulodda xizmatlarga mehmonxona oynasidan qurol chiqarib turgan shaxs haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga nisbatan o‘q uzilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda politsiya va gumonlanuvchi o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv aks etgan.
Kanada Bosh vaziri Mark Karni sodir bo‘lgan voqeani “daxshatli” deb atagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hududda o‘nlab o‘q ovozlari eshitilgan. Qurilish sohasida ishlovchi Jeykob Kutu avval to‘rt-beshta, keyin esa yana ko‘plab o‘q ovozlarini eshitganini aytgan. Mahalliy aholi vakillari hujumchi harbiy uslubdagi kiyimda bo‘lganini bildirgan.
Tergovchilar hozircha hujumchining shaxsi va harakatlari haqida ma’lumot bermagan. Kvebek provinsiyasi Xavfsizlik vaziri Ian Lafrenerning aytishicha, bir nechta huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilgan va hodisa terrorchilik harakati sifatida baholanmagan. Voqeadan keyin hudud vaqtincha yopilgan bo‘lsa-da, kunning ikkinchi yarmiga kelib harakat asta-sekin tiklana boshlagan. Monreal politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi 24 yil ichida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan birinchi politsiya xodimi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinning markaziy qismidagi o‘rta maktabda ikki nafar o‘quvchi qurolli hujum uyushtirishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yaralangan edi.

Live
Barchasi