Kanadada yuk mashinalar haydovchilarining namoyishi 12 kundirki to‘xtamayapti

Olam

image

Kanada poytaxti Ottavada yuk tashuvchilarning karantin cheklovlariga qarshi norozilik aksiyasi 12 kundirki hamon davom etmoqda. 

Poytaxtning asosiy yo‘llarini to‘sib qo‘ygan yuk mashinalari fuqarolar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 

Sud qarori bilan haydovchilar avtomobil signalini chalmaslikka muvaffaq bo‘lingan, chunki Ottava aholisi tunlarni uyqusiz o‘tkazdi. 

Ottava politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Stiv Bell jurnalistlarga shahar markazida to‘xtab turgan 400 ga yaqin yuk mashinasining to‘rtdan birida bolalar va o‘smirlar borligi, rasmiylar esa ularning xavfsizligidan xavotirda ekanini aytdi.  

“Biz bolalardan xavotirdamiz, ular uglerod oksidi, tutun, shovqin va sovuqning salbiy ta’siriga duchor bo‘lishadi. Bu bolalar tibbiy xizmatlardan, gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanishdan mahrum”,  deydi u.

Rasmiy “Bolalarga yordam” uyushmasini muhtojlarga yordam berishga chaqirdi. 

Kanada qonunchiligiga ko‘ra, politsiya yordam so‘rab Assotsiatsiyaga murojaat qilganda, bolalar o‘z oilalaridan tortib olinadi va homiylikka beriladi. 

Ottavada 29 yanvar kuni ish tashlash boshlanganidan buyon 23 kishi turli ayblovlar bilan hibsga olingan. 12 kun ichida 1300 dan ortiq namoyishchi jarimaga tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing