Kanadada yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kanadaning Manitoba provinsiyasining janubida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CTV News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat AQSHning Minnesota shtatiga hamda Kanadaning Manitoba va Ontario provinsiyalarining janubiy hududlariga ham tarqalgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlarga anomal issiqlik va uzoq davom etgan qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.

Minnesota shtati hokimiyati yong‘inga qarshi kurashda bo‘linmalarni safarbar etgan. Kanadada esa Manitoba va Ontario rasmiylari yong‘indan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan aholining majburiy evakuatsiyasini boshlagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlardan kecha, 13 may kuni yong‘in ichida qolib ketgani haqida xabar olingan. Ammo ekstremal sharoit tufayli qutqaruvchilar hodisa joyiga faqat ertasi kuni yetib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Jasadlar sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan, politsiya hodisa tafsilotlarini tergov qilishni davom ettirmoqda. Ayni paytda yong‘in hali ham davom etmoqda va yangi aholi punktlariga tahdid solmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda anomal yuqori havo harorati tufayli bir vaqtning o‘zida mamlakatning bir nechta hududlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rmon yong'ini Kanada Manitoba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing