Kanadada pandemiyaning ikkinchi to‘lqini allaqachon boshlangani aytildi
Olam
−
24 Sentabr 2020
3671Kanadada yangi turdagi koronavirus COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini allaqachon boshlangan va u pandemiyaning bahordagi xurujiga qaraganda ancha yomon bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo kecha, 23 sentyabr kuni xalqqa maxsus murojaatida aytib o‘tgan.
"Koronavirusning ikkinchi to‘lqini hozir boshlangani yo‘q, u allaqachon kirib kelgan va raqamlar buni aniq ko‘rsatmoqda: biz mamlakatda 13 mart kuni karantin to‘g‘risida qaror qabul qilganimizda, kuniga 47 ta yangi yuqtirish holatlari aniqlangan. Ammo 22 sentyabr kuni yangi holatlar soni mingtadan oshdi. Bu kuzgi vaziyat bahordagi qaraganda ancha yomonroq bo‘lishi mumkinligidan dalolat”, deydi Bosh vazir.
Tryudoning ta’kidlashicha, Kanadada mavjud vaziyatni o‘zgartirish mumkin. Buning uchun har bir kishi zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rish masalan, niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi va grippga qarshi kurashga rioya qilishi kerak.
“Biz birgalikda ikkinchi to‘lqinni nazorat ostiga olishimiz mumkin", deydi Tryudo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, oktyabr oyida Kanadada an’anaviy Shukrona kuni bayrami nishonlanmaydi. Bosh vazir bu kunni Rojdestvo kuni (25 dekabr)da nishonlashni taklif etdi.
Hukumat rahbari Kanada allaqachon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazayotgan bir necha yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan shartnomalar tuzganini qayd etdi.
"Biz uni tayyor bo‘lishi bilanoq olamiz", deb va’da berdi Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, Kanadada koronavirus infeksiyasi birinchi bor joriy yilning 15 yanvar kuni aniqlangan edi. Sentyabr oyining boshidan beri mamlakatda yuqtirganlar sonining keskin o‘sishi kuzatildi va 17 sentyabr kuni mingdan ziyod yangi holat qayd etildi. Bu may oyining oxiridan beri rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
LiveBarchasi