Kanadada g‘ayritabiiy jaziramadan halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Olam
−
01 iyul 2021
9210Kanadadagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida jazirama tufayli 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda provinsiya Koroneri Liza Lapoint ma’lum qilgan.
“Britaniya Kolumbiyasida so‘nggi besh kun ichida misli ko‘rilmagan o‘lim holati qayd etildi”, degan u.
Lapointdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 iyundan 30 iyun soat 13:00 gacha kamida 486 kishining to‘satdan vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Shuningdek, u ma’lumotlarning qayta ishlanishi bilan qurbonlar soni ko‘payishi mumkinligini aytgan.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, g‘ayritabiiy yuqori havo harorati odamlar o‘limining dastlabki sababi sifatida ko‘rsatilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlarning aksariyati qariyalardir.
Avvalroq, Kanadada misli ko‘rilmagan harorat ko‘rsatkichlari qayd etilayotgani haqida xabar bergandik. Dastlabki ma’lumotlarda g‘ayritabiiy issiq tufayli 200 dan ortiq odam vafot etgani aytilgandi.
LiveBarchasi