Kanadada haydovchisiz avtobus ishga tushdi (foto)

Texnologiya

image

Kanada poytaxti Ottavada EX10 haydovchisiz avtobus sinov tariqasida ishga tushirildi. Sinovlar shu oyning o‘rtalariga qadar davom etadi. Bu haqda “CBC News” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, loyiha EasyMile kompaniyasi tomonidan Ontarioda avtomatlashtirilgan transport sinovlari dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Uning bajarilishini bir qator ixtisoslashgan korxonalar, shuningdek, Ottava ma’muriyati va Ontario transport departamenti nazorat qiladi.

Shunday qilib, poytaxtning hukumat kvartalida tashkil etilgan mazkur marshrutning uzunligi 1,5 kilometrni tashkil etadi. Avtobuslar to‘rtta bekatda to‘xtaydi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli, hozircha faqat loyiha ishtirokchilari ularning yo‘lovchilari vazifasini o‘tashmoqda.

Bundan tashqari, kabinada favqulodda vaziyatlarda boshqaruvni o‘z zimmasiga olish uchun haydovchi ham bo‘ladi.

“Sinovlardan maqsad, haydovchisiz avtobuslar haqiqiy yo‘l sharoitida qanday ishlashini ko‘rsatish, nogironlar uchun batareyalar samaradorligini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilishdir”, deyiladi EasyMile xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Kanada

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing