TIV Kanadada halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berdi
Olam
−
29 noyabr 2019 11662 1 daqiqa
Avvalroq, Kanadada 7 nafar o‘zbekistonlik aviahalokat natijasida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, voqea 27 noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Otabek Obloqulov tomonidan boshqarilgan, u turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi, shuningdek, boshqa qarindoshlari bilan birga dam olish kunlarini o‘tkazish uchun Toronto shahridan Kingston shahriga yo‘l olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashining sababi noqulay ob-havo bo‘lishi mumkin.

Elchixona tomonidan ko‘rilgan shoshilinch choralar, jumladan, Kingston shahri politsiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.
Elchixona konsullik huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini ko‘rayotgani aytiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025