Kanada Ukrainaga Leopard 2 tankini jo‘natdi

Olam

image

Kiyevga va’da qilingan to‘rtta Leopard 2 tankidan birinchisi Kanadadan Ukrainaga jo‘natildi. Bu haqda Kanada milliy Mudofaa vaziri Anita Anand ma’lum qildi.

"Ukrainaga yordam berish uchun jangovar tanklar jo‘natilmoqda. Kanadaning birinchi Leopard 2 tanki yo‘lga chiqdi", deb yozgan u Twitter'da.

Anandning aniqlik kiritishicha, Kanada harbiy-havo kuchlarining bortida jihozlar bo‘lgan samolyoti Galifaksdan (Yangi Shotlandiya) havoga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya rasmiylari ta’mirlangan 4-6 ta  Leopard 2A4 tanklarini Ukrainaga jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kanada Leopard 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing