Kanada Ukrainaga $38,7 mlnlik qurol beradi

Olam

image

Kanada Ukrainaga qo‘shimcha 38,7 million dollar harbiy yordam beradi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qilgan. 

“Bugun bosh vazir Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni e’lon qildi, jumladan: artilleriya, o‘q-dorilar va yengil zirhli fuqarolik mashinalarining jo‘natilishi asosida qo‘shimcha 50 million dollar (38,74 million AQSH dollari — tahr.) harbiy yordam ko‘rsatiladi: ular 18 ta dron kameralari, jumladan, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari uchun 15 million dollar (11,62 million AQSH dollari — tahr.); 1 million dollargacha (774 848 AQSH dollari — tahr.) o‘qotar qurollar va tegishli o‘q-dorilar hamda M777 gaubitsalari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi”, deyiladi Kanada Bosh vazirining veb-saytida. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing