Kanada sikx mojarosidan keyin Hindistondan 41 diplomatini chaqirib oldi

Olam

image

Nyu-Dehli talabidan keyin Kanada Hindistondagi 41 diplomatini vataniga qaytardi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joliga ko‘ra, diplomatik xodimlarning qisqarishi sababli Kanada Mumbay, Chandigarh va Bangalordagi ofislarida diplomatik xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishi kerak.

CBC'ga vaziyatdan xabardor manba ma’lum qilishicha, Hindiston Kanada diplomatik missiyasi a’zolarini har ikki mamlakatda bo‘lgan diplomatlar sonidagi paritetni saqlab qolish uchun chiqarib yuborishni talab qilgan.

Hindiston rasmiylari Kanadada atigi 21 nafar akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlari borligini aytdi, Kanada esa Hindistonda 62 nafar xodimga ega – ular Nyu-Dehlida va Mumbay, Chandigarh, Kalkutta va Bangalorda to‘rtta konsullikka ega.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Hindiston razvedka xizmatlari Kanada sikxlari jamiyati yetakchisi Hardip Singh Nijjarning shov-shuvli o‘ldirilishida ishtirok etganini aytgandi. Shundan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Kanada Tashqi ishlar vazirligi yuqori martabali hind diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilganini e’lon qildi va Hindiston bunga javoban kanadalik diplomatni chiqarib yubordi.

Ma’lumot uchun, sikxlar nisbatan kichik diniy guruh bo‘lib, ularning dunyo bo‘ylab taxminan 25 million tarafdori bor. Ularning aksariyati Hindistonda yashaydi. Joriy yilning iyun oyida otib o‘ldirilgan Hardip Singh Nijjar esa sikxlarning Kanadadagi yetakchilaridan biri edi. Nijjar “Xaliston” deb ataluvchi mustaqillik harakatini va Hindistonda alohida sikx davlati tashkil etilishini ochiq qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston diplomat Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing