Kanada Rossiyaning 8 ta tarmog‘ini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Kanada hukumati Rossiya iqtisodiyotining neft-gaz, kimyo va sanoat tarmoqlariga yangi sanksiyalar kiritdi. Tegishli hujjat kecha, 14 iyul kuni Kanada Tashqi ishlar vazirligi saytining Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘limida e’lon qilindi.

“2022 yil 14 iyulda Kanada maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar qoidalariga Rossiyaning neft-gaz, kimyo va ishlab chiqarish sanoatiga ikkita ishlab chiqarish xizmati ko‘rsatishni taqiqlovchi qo‘shimcha tuzatishlar kiritdi”, deyiladi hujjatda. 

Aniqlik kiritilishicha, ushbu tarmoqlardan sakkizta yangi soha ro‘yxatiga kiritilgan.

Hujjatda tushuntirilishicha, Kanada fuqarolari va kompaniyalariga, xususan, Rossiyaning taqiq qo‘yilgan sohalariga metall buyumlar, avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar, kompyuter, elektron va optik mahsulotlar, elektr jihozlari, quruqlikdagi transport va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.

Ushbu sanksiyalarni o‘tgan hafta oxirida Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli e’lon qilgandi. Keyin u “ushbu chora-tadbirlar kuchga kirishi bilan Kanada kompaniyalari maqsadli tarmoqlar bilan shartnomalarni bajarish uchun 60 kunga ega bo‘ladilar” deb aniqlik kiritgan. Ottava Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urush boshlagani sababli sanksiyalar joriy qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing