Kanada Eronga qarshi sanksiya kiritdi
Olam
−
19 Oktabr 2023
5590Kanada hukumati Eronga aloqador 56 tashkilot va 18 shaxsni "qora ro‘yxat"ga kiritdi. Rasmiy Ottavaning ma’lum qilishicha, bu yadroviy qurol va ballistik raketalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma’lum qilindi.
“Bu Eron rejimini yadroviy qurollarni tarqatish va ballistik raketa faoliyati uchun to‘sqinlik qilishdir”, deyiladi hujjatda.
Rasmiy Ottavaga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar Eron yadroviy dasturini turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, ro‘yxatga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmalari) va tegishli tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ham kiritilgan.
Bayonotda aytilishicha, Kanada yadroviy dasturi tufayli Tehronga qarshi sanksiyalar siyosatini davom ettiradi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi yadroviy kelishuvni buzgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi