Kanada AQSHga javob tariflari bilan zarba berdi
Olam
−
04 mart
10611Kanada AQSHning yangi tariflariga o‘ziga xos import soliqlari bilan javob berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Trampning aytishicha, u AQSHdagi ish joylari va ishlab chiqarishni himoya qilmoqda, noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar savdosining oldini olishga harakat qilmoqda. Ammo ekspertlarning aytishicha, u AQSH va xorijdagi iste’molchilar uchun narxlarni oshirishi mumkin.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning bayonotida aytilishicha, AQSHning yangi tariflari uchun “hech qanday asos yo‘q”, chunki AQSH chegarasida ushlangan fentanilning 1% dan kamrog‘i Kanadadan kelgan.
Tryudoning so‘zlarini Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum ham takrorlab, Trampning bu harakati uchun “hech qanday motiv, sabab va asos yo‘q” ekanini aytdi. 4 mart kuni so‘zga chiqib, u “tarif va tarifsiz choralar” chiqarishga va’da berdi, ammo qo‘shimcha ma’lumotlar 9 mart kuni berilishini aytdi.
Tryudo o‘z bayonotida, uning mamlakati Trampning yangi tariflari to‘xtatilgan bir oylik davrda fentanil oqimini yanada cheklash bo‘yicha choralar ko‘rganini ta’kidladi. Shuningdek, uning bayonotida Kanadaning javob choralari ko‘rsatilgan – unga ko‘ra, 155 milliard Kanada dollari miqdoridagi Amerika tovarlariga 25 foizlik boj qo‘yiladi:
- 30 milliard Kanada dollari miqdoridagi tovarlarga tarif darhol kuchga kiradi
- qolgan 125 milliard Kanada dollarilik Amerika mahsulotlariga bojlar 21 kundan keyin kuchga kiradi.
Kanada provinsiyalari rahbarlari o‘zlarining javoblarini aytishdi. Ontario bosh vaziri Dag Ford Kanadaning elektr energiyasini yetkazib berishni va AQSHga yuqori sifatli nikel eksportini to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Qayd etish joiz, Kanada AQSHdagi olti million uyni quvvatlantirish uchun yetarli miqdorda elektr energiyasi eksport qiladi.
“Agar ular Ontarioni yo‘q qilmoqchi bo‘lishsa, men hamma narsani qilaman, shu jumladan yuzimda tabassum bilan ularning energiyasini kesib tashlayman”, dedi Dag Ford.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 mart kuni yarim tundan keyin AQSHning Meksika, Kanada va Xitoyga bojlari kuchga kirgandi. Meksika va Kanada tovarlariga tariflar 25% ni tashkil qiladi. Xitoy tovarlari uchun bojlar 10 foizdan 20 foizga oshirildi. Bunga javoban Xitoy AQSH Prezidenti Donald Trampning boj tariflari siyosatiga javoban 10 martdan boshlab Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha 10-15 foiz boj joriy qilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


