Kanada ham Ukrainaga og‘ir texnikalar topshirdi

Olam

image

Kanada Ukrainaga og‘ir artilleriya va gaubitsalarni topshirdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Kanada Ukraina so‘raganidek, Ukraina xavfsizlik kuchlarini og‘ir artilleriya bilan ta’minladi”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. 

Unda qayd etilishicha, Ukraina M777 gaubitsalari va ular uchun o‘q-dorilar olgan. Kanada, shuningdek, Ukrainaga qo‘shimcha Carl Gustaf tankga qarshi snaryadlarini sovg‘a qilgan. 

“Ukrainaga yuboriladigan zirhli texnikalarni topshirish jarayoni yakuniy bosqichda”, deyiladi xabarda. 

Umuman olganda, joriy yilning yanvar oyidan beri Kanada Ukrainaga 93 million AQSH dollari miqdorida harbiy yordam o‘tkazgan. Rasmiy Ottava 2022-2023 yillar byudjetida Kiyevga yordam uchun yana 393 million AQSH dollari ajratishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Vashington tomonidan Kiyevga ko‘rsatilgan harbiy yordam 700 dan ortiq Switchblade snaryadlari, 90 ta gaubitsa va 16 ta Mi-17 vertolyotlarini o‘z ichiga olishi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing