“Kamroq so‘z, ko‘proq qurol”. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordamni oshiradi

Olam

image

Rossiyaning Ukraina shaharlari va muhim infratuzilma ob’ektlariga ommaviy havo hujumlari fonida Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga insonparvarlik yordami va fuqarolik mudofaasini qo‘llab-quvvatlashni, xususan, elektr generatorlari va quvvat transformatorlarini yetkazib berishni ko‘paytiradi. Bu haqda kecha, 17 apreldagi YeI sammitining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotda aytildi.

YeI Ukrainani havo hujumidan mudofaa salohiyati bilan zudlik bilan ta’minlash va barcha zarur harbiy yordam, jumladan, artilleriya snaryadlari hamda raketalarni yetkazib berishni tezlashtirish va faollashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

Joriy yilning 22 aprel kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaa va tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

"Bizga ko‘p so‘zlar kerak emas, bizga ko‘proq harbiy texnika kerak”, deydi Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga yangi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish oylar emas, balki kunlar va haftalar masalasidir.

Germaniya kansleri Olaf Shols sammit ishtirokchilarini Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan imkon qadar tezroq ta’minlashga chaqirdi.

“Rossiyaning bosqinchilik urushi alohida shafqatsizlik bilan davom etmoqda va biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun shu paytgacha qilganimizdan ham ko‘proq narsani qilishimiz kerakligini bilamiz”, deydi Shols.

Berlinning o‘zi bir kun oldin uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirish niyatini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga yordam berish uchun alohida qonun loyihasini taqdim etgandi. U 61 milliard dollar va ATACMS raketalarini ajratishni nazarda tutadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing